» » Komil Allamjonov: “Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi”

Komil Allamjonov: “Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi”


Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da 29-yanvar, chorshanba kuni administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlisda AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritgani va Prezident administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilingandi.

AOKA direktorligini tark etgan Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida agentlikdagi faoliyati haqida post qoldirgan.

Hayotimning eng yorqin, qiziqarli va serqirra kunlari aynan AOKAda o‘tdi. Davlat xizmati katta maktab bo‘ldi. Endi biz tanlagan jamoatchilik yo‘li ham bundan-da voqealarga boy, shu bilan birga, sermazmun bo‘ladi deb niyat qilaman. Nima bo‘lsa ham, xalq va yurt manfaati bosh maqsad bo‘lib qoladi.

AOKA sobiq direktori Komil Allamjonov

Eslatib o‘tamiz, muqaddam AOKA rahbari birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Saidjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют