» » “Manchester Yunayted” Brunu Fernandesh transferini e’lon qildi

“Manchester Yunayted” Brunu Fernandesh transferini e’lon qildi


“Sporting” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi.

Ingliz klubi 25 yoshli futbolchi transferi borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Portugaliyalik futbolchi 30-yanvar kuniga mo‘ljallangan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan kelishuv rasmiylashtiriladi.

Avvalroq Fernandesh “Manchester Yunayted” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashi xabar qilingandi. U yangi jamoasi yiliga 6 million yevro maosh oladi.

Manchester klubi Frenandesh transferi uchun 55 million yevro sarflaydi. Shuningdek, 25 million yevro miqdoridagi bonus pullari ham nazarda tutilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют