» » BAAga yetib borgan koronavirus, ko‘z qisayotgan Tramp, Uxanning bo‘m-bo‘sh ko‘chalari. 29-yanvarning eng qiziqarli suratlari

BAAga yetib borgan koronavirus, ko‘z qisayotgan Tramp, Uxanning bo‘m-bo‘sh ko‘chalari. 29-yanvarning eng qiziqarli suratlari


Bugun, 29-yanvar kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Dubay, BAA

BAAda ilk koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Kasallik Xitoyning Uxan shahridan qaytgan oilada aniqlangan.

Vashington, AQSh

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini taqdim etayotgan vaqtida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ko‘z qisib qo‘ymoqda.

Srinagar, Hindiston

Qor yog‘gach idish-tovoqlarni yuvayotgan ayol.

Pekin, Xitoy

Niqob va jilet kiyib olgan erkak Tyanszyain qishlog‘iga begonalar kirishining oldini olish uchun mashinani to‘xtatmoqda.

Gamburg, Germaniya

Gamburgdagi “Panoptikum” muzeyida ekofaol Greta Tunbergning mumdan yasalgan haykali o‘rnatildi.

Sano, Yaman

Hayvonot bog‘ining hayvon o‘rgatuvchisi Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solihga tegishli bo‘lgan sher bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Ankorij, Alyaska

Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan amerikalik diplomatlar va fuqarolarni olib kelgan samolyot Alyaskadagi aeroportga yoqilg‘i quyish uchun qo‘ndi.

Tripoli, Liviya

Tripolidagi Hadba Al-Badri tumaniga snaryad tushgach tomi teshilib qolgan uylardan biri.

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i, Falastin

Falastinlik erkak televizor orqali Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini taqdim etayotgan Donald Trampning og‘zini oyoq kiyimi bilan “yopish”ga urinmoqda.

Uxan, Xitoy

Koronavirus tarqalishi boshlangach bo‘shab qolgan Uxan shahri ko‘chalari.

Bag‘dod, Iroq

Hukumatga qarshi namoyish qatnashchilari politsiyadan qochmoqda.

Berlin, Germaniya

Hayvonot bog‘ida Men Men ismli panda o‘zining besh oylik bolasi Pol bilan. 2019-yilning avgustida Germaniyada ilk marta panda bolalari tug‘ilgandi. Egizaklarning onasi Men Men va otasi Szyao Sin 2017-yilda Xitoydan Berlin hayvonot bog‘iga olib kelingandi.

Sharqiy Sumatra, Indoneziya

Indoneziya fuqarosi suv ustidan harakatlanmoqda. Indoneziyaning bu qismida tinimsiz yoqqan yomg‘irlar tufayli toshqinlar va ko‘chkilar yuzaga kelib, bir necha kishining o‘limiga olib keldi.

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i, Falastin

Donald Trampning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasi namoyishlarga olib keldi.

Uxan, Xitoy

Himoya niqobi taqib olgan Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan doktorlar bilan suhbatlashmoqda. Darvoqe, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Madrid, Ispaniya

Modalar haftaligida Maison Mesa kolleksiyasini namoyish qilayotgan model.

Ahmadobod, Hindiston

Quruq mevalarni sotish uchun joylayotgan ayol. Bu hududda fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun tufayli ko‘plab do‘kondorlar norozilik belgisi sifatida do‘konlarini yopib qo‘ygan.

Nayrobi, Keniya

Jomo Kenyatta aeroportida Xitoydan uchib kelgan yo‘lovchilar koronavirusga qarshi tekshiruv oldidan navbatda turibdi.

Marsel, Fransiya

Pensiya islohotiga qarshi namoyish ishtirokchisi.

Oahu, Gavayi

Braziliyalik syorfer syorfing bo‘yicha musobaqa oldidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulot vaqtida.

Amman, Iordaniya

Al-Bashir shifoxonasining maxsus bo‘limi xodimlari himoya vositalarini kiymoqda. Ushbu bo‘lim koronavirus bilan kasallanganlar va kasallanishda gumon qilinganlarni qabul qilishga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: O‘t o‘chiruvchilar va politsiya to‘qnashuvi, uyqusizlikka qarshi aksiya, koronavirusdan himoya. 28-yanvarning eng qiziqarli suratlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют