» » Farg‘onada YPX xodimiga 500 ming so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

Farg‘onada YPX xodimiga 500 ming so‘m pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi


Farg‘onada avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga 500 ming so‘m pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni, juma kuni soat 9:20 larda Farg‘ona shahri Aeroport ko‘chasida fuqaro R.T. boshqaruvidagi “VAZ 2106” rusumli avtomashina YPX inspektori Elyor Begmatov tomonidan to‘xtatilgan.

Xodim haydovchining yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari yo‘qligini aniqlab, unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Avtomashinani esa jarima maydoniga joylashtirgan. Shundan so‘ng haydovchi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish va mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektor Elyor Begmatovga dastlab 200 ming, keyinchalik 500 ming so‘m pora taklif qilgan.

Inspektor unga bu harakati noqonuniyligini, pora olish-berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan. Inspektorga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamera yozuvlari ko‘rilganda ushbu holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.

Shu kuni soat 15:30 da IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi viloyat bo‘limi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.T. YPX inspektoriga 500 ming so‘m pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Departamentning Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют