» » Eshitmadim demanglar, yangi aksiya: “Olamshumul”!

Eshitmadim demanglar, yangi aksiya: “Olamshumul”!


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” naqd pulsiz amaliyotlarning ommabopligini oshirish, mijozlarni tizimli rag‘batlantirib borish maqsadida bankning Humo plastik kartalari foydalanuvchilari o‘rtasida “Olamshumul” aksiyasini e’lon qiladi.

Aksiya 2020-yilning 1-fevralidan 2021-yilning 1-fevraliga qadar o‘tkaziladi va unda 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyada qatnashish uchun ATB “Qishloq qurilish bank” filiallaridan Humo plastik kartalarini olish va har kun yakuniga ko‘ra, hamda to‘liq bir oy davomida eng kamida 500 ming so‘m qoldiq summani saqlab yurish talab etiladi.

Muhim jihati, “Olamshumul” promo-aksiyasida bank tomonidan barcha emissiya qilingan va amalda bo‘lgan Humo kartalari foydalanuvchilari ham ishtirok etishi mumkin. Bunda plastik kartadan foydalanish jarayoni aksiya talablariga mos bo‘lishi lozim.

Aksiya ikkita holat bo‘yicha o‘tkaziladi.

“Oylik aksiya” — plastik karta qoldig‘i to‘liq bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming so‘m va undan yuqori bo‘lgan mijozlar bo‘yicha.

Agarda ushbu shart bajarilsa, tanlab olish yo‘li bilan g‘olib mijoz aniqlanadi va g‘olibga aksiya sovrini taqdim etiladi.

G‘oliblar xorijga ikki kishilik 12 ta sayohat yo‘llanmasi, 60 dona Xiaomi Note 7 smartfoni, 60 dona Artel Smart LED televizori hamda jami 570 dan ortiq fleshka, quloqchin, PowerBank va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

“Super aksiya” — bunda oylik aksiya ishtirokchilari orasidan tanlab olish yo‘li bilan g‘olib aniqlanadi. Agarda ushbu shart (oylik aksiya ishtirokchisi bo‘lish) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutish imkoniyati ortib boradi. Ya’ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnashish 1-imkoniyat, 10 bora qatnashilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi.

“Super aksiya” g‘olibiga bosh sovrin — Chevrolet Gentra avtomobili taqdim etiladi.

“Oylik aksiya”ning g‘olib va sovrindorlari bir oyda bir marta, har oyning o‘ninchi ish kunigacha hamda “Super aksiya”ning g‘olibi aksiya muddati tugagandan so‘ng Internet tarmog‘idagi random.org veb-sayti (dasturi) orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Fursatni qo‘ldan boy bermang!

ATB “Qishloq qurilish bank”ning o‘zingizga yaqin bo‘lgan filialidan Humo plastik kartochkalarini rasmiylashtiring va aksiyada ishtirok eting!

“Olamshumul” aksiyasining olamshumul sovg‘alari sizni kutmoqda.

“Qishloq qurilish bank”  — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют