» » O‘zbekistonda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun kompensatsiya va subsidiyalar taqdim etiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun kompensatsiya va subsidiyalar taqdim etiladi


O‘zbekistonda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun kompensatsiya va subsidiyalar taqdim etiladi. Bu Prezidentning “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo‘yicha, shu jumladan, chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi.

Jamg‘arma tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ekvivalenti 20 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi.

2020—2022-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

“Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

2020-yilda sotib olinadigan nasldor qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют