» » OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi fond qoshida jamoatchilik kengashi tuzilmoqda

OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi fond qoshida jamoatchilik kengashi tuzilmoqda


Jurnalistika va blogerlik faoliyatini rivojlantirish, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Jamoat fondi tomonidan ma’lum qilinishicha, jamoat fondini ta’sis etish bo‘yicha bir guruh jurnalist va blogerlar, OAV sohasi vakillari tashabbuskor guruh sifatida ariza bergan. Jumladan, ular orasida Muhrim A’zamxo‘jayev, Qobil Xidirov, Laziz Hamidov, Xushnud Xudoyberdiyev, Bobur Abidov, Madina Nurmanova, Abror Ismoilov va boshqalar bo‘lgan.

Jamoat fondi qoshida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlardan tarkib topgan jamoatchilik kengashi tuzilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, media sohasining quyidagi vakillari jamoatchilik kengashi a’zoligiga taklif etilmoqda:

Qayd etilishicha, ro‘yxatni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

Kengash tarkibi tasdiqlangandan so‘ng, ular tomonidan mass-media sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kengash jurnalist va blogerlarning erkin axborot olish va tarqatishga oid faoliyati davomida duch kelgan muammolarini doimiy ravishda muhokama qilib boradi va ularning yechimini topish, axborot makonida nodavlat sektorning rolini kuchaytirishga ko‘maklashish, yuzaga kelgan ziddiyatli masalalarni hal qilishda mediatsiya institutini qo‘llash choralarini ko‘radi.

Shu bilan birga, OAV sohasiga xorijiy va mahalliy grantlar va mablag‘lar jalb qilinadi.

Jamoat fondi jurnalist va blogerlar, shuningdek matbuot kotiblarining malakasini oshirib borish maqsadida doimiy ravishda o‘quv seminarlari tashkil etib boradi. Shuningdek, fond so‘z erkinligi va axborot makoniga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha faol jamoatchilik pozitsiyasi yuzasidan muntazam takliflar ishlab chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют