» » Xitoyda koronavirus bilan kurashish uchun 3,9 mlrd dollar ajratildi

Xitoyda koronavirus bilan kurashish uchun 3,9 mlrd dollar ajratildi


Xitoy moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurashish uchun qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, 29-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning barcha moliyaviy institutlari profilaktika va nazorat ishlari uchun 27,3 milliard yuan yordamchi mablag‘ ajratdi. Bunday hajmdagi mablag‘larni ajratish Xitoy kompartiyasi markaziy komiteti va davlat kengashi strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Koronavirus o‘chog‘i Xubeydagi Uxan shahri hisoblanadi. Hozirgi kunda virusdan 170 kishi vafot etgani, 7 711 kishi kasallangani ma’lum. Shuningdek, 12 167 kishi virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda.

Kasallanish holati Xitoydan tashqari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Tailand, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Kambodja va Germaniyada ham qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, virus bir metrdan ikki metrgacha masofada havo-tomchi yo‘li, shuningdek, iflos qo‘llarni ko‘zlarga tegizish orqali yuqadi.

Kasallikning asosiy belgilari — quruq yo‘tal, nafas qisilishi, nafas olish yetishmovchiligi, isitma, zaiflik. Ayrim hollarda kasallik pnevmoniyasiz, faqatgina quruq yo‘tal va baland bo‘lmagan harorat bilan birga o‘tadi, ammo alomatlari yengil bo‘lsa ham, bemor boshqalarga ham kasallik yuqtirishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют