» » Tramp koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Tramp koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani va vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Hozirgina Xitoy bilan yaqindan ishlaydigan bizning barcha muassasalarimiz Xitoydagi koronavirus bo‘yicha ma’lumot berdi. Sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatishda davom etamiz. Bizda dunyodagi eng yaxshi mutaxassislar bor va ular bu masala bo‘yicha kun-u tun ishlamoqda!”, — deb yozgan u Twitter’da.

Donald Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha yetakchi maslahatchisi Larri Kadlouning ma’lum qilishicha, AQSh koronavirus bilan kurashish uchun Xitoyga sog‘liqni saqlash bo‘limi — Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC)dan mutaxassislarni yuboradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishiga, virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi.

Avvalroq Xitoyda koronavirus bilan kurashish uchun 3,9 milliard dollar ajratilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют