» » “Farg‘ona” bojxona postida 1,4 tonna foydalanilgan akkumulyator ortilgan yuk avtomashinasi to‘xtatildi

“Farg‘ona” bojxona postida 1,4 tonna foydalanilgan akkumulyator ortilgan yuk avtomashinasi to‘xtatildi


O‘zbekiston bojxonachilari yaqinda bir necha qonunbuzarlik holatlarida yirik miqdordagi rangli metall chiqindilarining olib chiqilishining oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Uychi tumanining qo‘shni davlatga tutash chegara oldi hududida harakatlanayotgan, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi A.Azizov boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashinaning ichki saloni va yukxonasiga yashirin tarzda olib chiqish maqsadida10 ta qopda salkam 0,5 tonna latun rangli metall parchalari ortilgani aniqlandi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Qarshi shahrida harakatlanayotgan Ford avtotransport vositalari to‘xtatilib tekshirilganda, ularning birida fuqarolar Sh.Rizoyev va F.Jabborovga tegishli qiymati 5 million so‘mlan ortiq 2,3 tonna mis va latun rangli metall chiqindilari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Ikkinchi Ford’ga ham 1,8 tonnadan ortiq mis va latun rangli metall parchalari ortilgan ekan. Qiymati 5 million so‘mdan ortiq mazkur tovar-moddiy boyliklar fuqaro J.Jo‘rayevga tegishli bo‘lib chiqdi.

“Farg‘ona” chegara-bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan N.Homidov boshqaruvidagi “Kamaz” yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilishdan avval u yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham yonida ortiqcha yuklari yo‘qligini ma’lum qildi.

Ammo bojxona ko‘rigi davomida ushbu avtotransport vositasi yukxonasida kigiz va yog‘och bilan to‘silgan yashirin bo‘lma tashkil qilinganligi va unga 1,4 tonna 176 dona muqaddam foydalanilgan akkumulyator ortilganligi aniqlandi.

Xuddi shu usulni qo‘llagan fuqaro B.Jo‘rayev salkam 1, 9 tonna 172 dona, M.Tashtanov esa salkam 160 kilogramm 24 dona akkumulyator yashirin ravishda olib chiqishga uringan paytda bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.

G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi J.Farmonovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 1,7 tonnadan ortiq rangli metall parchalari noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, viloyat bojxonachilari R.Norov tomonidan Isuzu yuk avtomashinasida noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 4,1 tonnaga yaqin rangli metall parchalari to‘xtatib qoldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning birinchi choragi mobaynida respublika bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 42 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 52,5 million so‘mlik 35 tonnadan ortiq qora va rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasi va olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Опубликовано: admin (9-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют