» » Rossiya Xitoy bilan temir yo‘l qatnovlarini “Moskva—Pekin” poyezdi bilan cheklaydi

Rossiya Xitoy bilan temir yo‘l qatnovlarini “Moskva—Pekin” poyezdi bilan cheklaydi


Rossiya koronavirus sabab 31-yanvardan boshlab Xitoy bilan qatnovlarni faqatgina “Moskva—Pekin” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdlar orqali amalga oshiradi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Golikovaning aniqlik kiritishicha, hukumat aviaparvozlar bo‘yicha qarorini ikki kun ichida qabul qiladi.

Yaqin kunlar ichida Xitoy bilan chegaradosh hududlardagi piyodalar va avtomobillarning harakati aniq qancha muddatga cheklanishi ma’lum qilinadi. Hozircha chegara 2-fevralga qadar yopilgan.

Rossiyada o‘qiyotgan xitoylik talabalar Yangi yil bayramini nishonlash uchun yurtlariga ketgan, ta’tillar 31-martga qadar uzaytiriladi.

Avvalroq, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshib ketdi. Buning ortidan Xitoy—O‘zbekiston aviareysiga bo‘lgan talab besh baravarga ortdi.

Mavzuga doir: BAAda ilk koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda. Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют