» » “Ishonch” kredit-savdo markazi: Biz bilan hayot farovon va baxtlidir

“Ishonch” kredit-savdo markazi: Biz bilan hayot farovon va baxtlidir


Dunyoda umidsiz dil kam yaralgan. Har bir inson ezgu orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun esa ishonchli do‘stga ega bo‘lishni istaydi. Hayotda ko‘p narsaning yangisi, lekin do‘stlarning sinovdan o‘tgani – eskisi yaxshi. “Ishonch” kredit-savdo markazi ko‘p yillik sadoqatli do‘stlarni hamda uning katta oilasiga qo‘shilishni xohlagan yangi do‘stlarni yuksak qadrlaydi.

Vaqt bu – pul, – degan tushuncha dunyoda keng urfga kirgan bugungi tezkor davrda xizmatlar sifatAi, xushmuomalalik, tashrif buyurgan mijozning bir zumda hojati chiqarilishi biz uchun juda ham muhimdir. Shu bois “Ishonch” kredit-savdo markazining istalgan filialiga mahsulotlarni rasmiylashtirishga kelgan har qanday hamyurtimiz ortiqcha hujjatlarsiz, faqat pasport yordamida mahsulotlarni 15 daqiqada o‘z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega. Mijoz manfaati ustuvorligini ta’minlovchi bunday qulayliklar har qanday tashrif buyuruvchiga juda ham manzur bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi brend mahsulotlar va tanlash imkoniyati ko‘pligini ta’minlash markaz faoliyatining eng ustuvor vazifalari sirasiga kiritilgan. Ayni paytda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona, Qirguli, Toshloq, Uchko‘prik, Beshariq, Qo‘qon; Namangan viloyatida Namangan va Chust; Andijon viloyatidagi Xo‘jaobod filiallarida mijozlarimizga birdek teng va qulay sharoitlar muhayyo etilgan. Shu yilning yanvar oyi so‘nggi kunlarida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Bag‘dod tumanlarida hamda 7-fevral kuni Andijon viloyatining Asaka shahrida markazning yangi filiallari o‘z faoliyatini boshlayotgani bu boradagi ezgu tashabbuslar bardavom ekanligidan dalolatdir.

Mijozlarga manzur xizmatlar shu bilan cheklanmaydi, albatta. Aytaylik, muddatli to‘lov asosida rasmiylashtirgan mahsulotingiz oila a’zolaringizga biroz ma’qul kelmadi. Agar ushbu mahsulotni kattarog‘i yoki boshqa ko‘rinishdagisiga almashtirishni istasangiz, hech qanday muammo yo‘q. Markaz filiallarida har qanday mahsulotni 30 ish kunida almashtirib berish va qaytarib olish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘z navbatida mahsulotni aytilgan manzilga yetkazish, o‘rnatib berish, o‘rgatish xizmatlari markazning barcha filiallarida faoliyat olib boruvchi malakali mutaxassislar tomonidan bepul tarzda amalga oshiriladi.

Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizga olam-olam quvonch va baxt sovg‘a qilishingiz uchun “Ishonch” kredit-savdo markazi xizmatingizga muntazir. Biz sizga xizmat ko‘rsatishdan mamnunmiz:

Hamisha kutilgan yangiliklari bilan barchani mamnun etuvchi markazdan navbatdagi xushxabar! Markaz innovatsion g‘oyalar asosida o‘zining mobil ilovasi va internet do‘koni xizmatlarini taklif etadi. Bundan buyon mijozlar onlayn savdoni amalga oshirish va uydan chiqmagan holda istalgan mahsulotni muddatli to‘lov asosida rasmiylashtirishi mumkin. Buni haqiqiy qulaylik desa bo‘ladi!

Zamon shiddati va yangiliklariga hamohang faoliyat olib boruvchi markazning mijozlarni quvontiruvchi bu kabi xushxabarlari bardavom bo‘laveradi. Shu sababli “Ishonch” kredit-savdo markazi bilan hamkorlik qilsangiz aslo yutqazmaysiz!

Savdo markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Mijozlar guruhi

Telegram: t.me/@ishonchmijozlari

Sahifa: t.me/@ishonchkredit

Instagram: instagram.com/ @ishonchkredit

Youtube: youtube.com/@ishonchkredit

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют