» » “Liverpul” o‘z tarixida ilk bor APL bir mavsumida barcha jamoani mag‘lub etishga erishdi

“Liverpul” o‘z tarixida ilk bor APL bir mavsumida barcha jamoani mag‘lub etishga erishdi


“Liverpul” futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining qoldirilgan bahsida “Vest-Hem”ni mag‘lub etdi (2:0).

“Qizillar” Angliya chempionatining joriy mavsumida har bir raqibni kamida bir martadan yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkich “Liverpul” tarixida ilk bor kuzatildi.

Unga qadar bu natijaga “Chelsi” (2005/06-yilgi mavsumda), “Manchester Yunayted” (2010/11 va 2017/18) hamda “Manchester Siti” (2017/18 va 2018/19) kabi jamoalar erishgan.

“Liverpul” ushbu mavsumda Premyer-Ligadagi 24 uchrashuvning 23 tasida g‘alaba qozondi. Mersisayd klubi faqat “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan safar o‘yinida durang (1:1) qayd etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют