» » Maymunlar hujumiga uchrayotgan Hindistondagi qishloq aholisi ko‘chaga ayiq kostyumida chiqmoqda

Maymunlar hujumiga uchrayotgan Hindistondagi qishloq aholisi ko‘chaga ayiq kostyumida chiqmoqda


Hindistondagi Sikandarpur qishlog‘i aholisiga maymunlar hujum qilib turadi. Maymunlarni haydash uchun qishloq aholisi ayiq kostyumini kiyib ko‘chalarda yurishni boshladi. Bu usul ish berdi va maymunlarning odamlarga hujumlari keskin kamaydi, deb yozmoqda Meduza.

Qishloq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayiq kostyumi haqidagi fikrni unga qarindoshi aytgan. Qishloq aholisi pul yig‘gan va uchta ayiq kostyumini sotib olgan. Endi qishloq aholisi vakillari navbat bilan ayiq kiyimida ko‘chaga chiqmoqda.

Mahalliy o‘rmonchi yaqin vaqt ichida qishloqqa tashrif buyurib, mazkur tajribaning natijasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga va’da bergan. Agar natijalar uni qoniqtirsa, bu amaliyot xuddi shunday muammosi bo‘lgan boshqa qishloqlar aholisiga ham taklif qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют