» » Prezidenti devoni mas’ul xodimlari Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi

Prezidenti devoni mas’ul xodimlari Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga mazkur tumanlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga Zangiota tumanidan kelgan murojaatlar soni jami 14 983 tani tashkil qildi.

Zangiota tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy, tabiiy gaz ta’minoti, moddiy yordam, pensiya ta’minoti va bolalar nafaqasi, yo‘llarni ta’mirlash, sudlarda ishlar ko‘rilishi va sud qarorlarining ijro etilishi, bank-moliya masalalari bo‘yicha ekanligi aniqlandi.

Yangiyo‘l tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 5 768 tani tashkil qildi. Murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy, moddiy yordam va nafaqa, bandlik, sud, gaz va elektr ta’minoti masalalarida ekanligi aniqlandi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan 100 dan ziyod murojaat har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют