» » Urgutda bir vaqtda 2 xotin bilan yashagan fuqaro axloq tuzatish ishlariga jalb etildi

Urgutda bir vaqtda 2 xotin bilan yashagan fuqaro axloq tuzatish ishlariga jalb etildi


Urgut tumani “Mug‘ol” mahallasida yashovchi X.Q. fuqaro M.S. bilan qonuniy nikohda bo‘lsa-da, 2017-yilda Tayloq tumanida yashovchi fuqaro D.M. bilan shar’iy nikohdan o‘tgan. 2019-yilning may oyidan 2019-yil 26-noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida o‘z xonadonida ikki nafar turmush o‘rtog‘i bilan umumiy ro‘zg‘or asosida er-xotin bo‘lib birgalikda yashab kelgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi X.Q. o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, haqiqatda 2006-yilda M.S. bilan qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelayotganligini bildirgan. Ko‘p farzandlari yoshligida vafot etganligi sababli turmush o‘rtog‘i M.S. kasal bo‘lib qolgan. D.M. bilan turmush qurishiga X.Q.ning birinchi va qonuniy xotini M.S.ning o‘zi rozi bo‘lgan. M.S. eriga kundoshi uning ham sog‘lig‘iga qarashini, uy-ro‘zg‘or ishlarida unga yordamchi bo‘lishini, ikkisini ham xafa qilmasligini tushuntirgan.

X.Q. 2017-yilning 5-fevral kuni D.M. bilan shar’iy nikohdan o‘tib, oila qurgan.

Ma’lum bo‘lishicha, X.Q. dastlab ikki nafar turmush o‘rtog‘i bilan otasi U.Q.ning xonadonida yashagan. 2019-yilning may oyidan buyon Urgut tumani “Mug‘ol” mahallasidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan ikki xonali uyda ikki nafar turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi bilan birga yashab kelgan.

Sudda X.Q.ning birinchi turmush o‘rtog‘i M.S. 2016-yilda sog‘lig‘i yaxshi emasligi sababli turmush o‘rtog‘iga ikkinchi xotin olishiga rozilik berganligini bildirib o‘tgan.

Urgut tumani “Mug‘ol” mahallasida oilalarda ma’naviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va xotin-qizlar bilan ishlash mutaxassisi D.Kamolova sudda X.Q.ning qonuniy nikohdan o‘tgan birinchi turmush o‘rtog‘i M.S.ning ko‘zi yaxshi ko‘rmasligini, ikkinchi guruh nogironiligi, turmush o‘rtog‘iga ikkinchi xotin olishiga o‘zi rozi bo‘lib kundoshi D.M. bilan yaxshi yashab kelayotganligini ma’lum qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudi raisi Marat Ergashevning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi X.Q. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan ish haqining 20 foizi miqdorini davlat foydasiga undirish sharti bilan bir yil olti oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют