» » Beeline tomonidan o‘tkazilayotgan lotereyaning qonuniyligi tekshirilmoqda

Beeline tomonidan o‘tkazilayotgan lotereyaning qonuniyligi tekshirilmoqda


Beeline aloqa operatori tomonidan o‘z abonentlari uchun o‘tkazilayotgan lotereyaning qonuniyligi o‘rganilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Beeline (Unitel MChJ) aloqa tarmog‘ining xizmat ko‘rsatish zonasida ViaMobi MChJ tomonidan “G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Beeline abonentlari ushbu aksiyada ishtirok etishga chorlaydigan SMS xabarlar olishi kuzatilmoqda. Xususan, abonentlar hisobini to‘ldirganida ularga yutuqli lotereyada qatnashishga imkon beradigan ballar taqdim etilganligi haqida “yutuqli lotereyada 500 ballni qo‘lga kiritdingiz” mazmunidagi SMS xabar kelib tushmoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, lotereya tashkilotchilari bo‘lgan Beeline va ViaMobi MChJ O‘zbekiston hududida lotereya tashkil etish va o‘tkazish imkoniyatini beradigan maxsus litsenziyaga ega emas.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi aksiya tashkilotchilaridan uni tashkillashtirish va o‘tkazish tartibini belgilaydigan barcha zarur hujjatlarni olib, o‘rganishni boshladi. Shu bilan birga, agentlik Unitel MChJ va ViaMobi MChJ tomonidan tashkillashtirilgan “G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi lotereya emasligi ma’lum qildi.

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, Beeline abonentlari tomonidan aksiya mohiyati noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini olish uchun agentlik Unitel MChJ va ViaMobi MChJga SMS xabarlarni yuborishda “lotereya” so‘zini chiqarib tashlash to‘g‘risida so‘rov yuborgan.

Shuningdek, hozirgi paytda agentlik ushbu aksiyaning o‘tkazish tartibi va qoidalarini o‘rganishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, lotereya — bu keng aholi mablag‘larini jalb qilishni o‘z ichiga oladigan tavakkalchilikka asoslangan o‘yin. Shu sababdan, uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi qonun bilan tartibga solinadi. Uni tashkil etish va o‘tkazish esa litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi.

Agentlikning ta’kidlashicha, savdoni rag‘batlantirish maqsadida pul-buyum yutuqli o‘yinlarni aksiya va konkurs sifatida tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanmaydi, ammo ushbu aksiyada qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq olinmaydi.

Qayd etilishicha, hozirda telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda keng miqyosli konkurslar va aksiyalar tashkil qilish holatlari uchramoqda. Shu bilan birga, aholi orasida ommabop bo‘lgan, aksiyalar shaklida o‘tkazilayotgan ba’zi pul-buyum yutuqli o‘yinlarda lotereya belgilari mavjud. Agentlik bunday o‘yinlar paytida fuqarolar mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni reja qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют