» » Qozog‘istonda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan shifokor ushlandi

Qozog‘istonda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan shifokor ushlandi


Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar orqali Olmaota shahrida koronavirus tarqalganligi haqida xabarlar tarqatgan shifokor ushlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.

Agentlik xabariga ko‘ra, u Olmaota viloyatining Yenbekshiqozoq tumanida ishlovchi 1980-yilda tug‘ilgan ginekolog. U internet orqali yolg‘on axborot tarqatgan va bu ishni qilganini tan olgan.

Shifokorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan jarima qo‘llanilishi, jamoat ishlariga jalb qilinishi, ozodlikni cheklash chorasi yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Avval Qozog‘istonda messenjerlar orqali oq halat kiygan shifokorning Olmaotada koronavirus yuqtirib olgan 70 ga yaqin fuqaro borligi haqida gapirgan videoroligi tarqalgandi. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar ro‘yxatga olinmaganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 

2019-yil dekabrida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum turga mansub infeksiya tarqalgan va u pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi. Kasallik tarqatuvchi fanga noma’lum koronavirus ekani aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus keltirib chiqargan kasallik 8 ming nafarga yaqin odamda qady etilgan, vafot etganlar soni 170 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi: Virus bo‘yicha 30-yanvar kunining eng muhim voqealari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют