» » Muhandislar Voyager-2 kosmik kemasini 18 mlrd km masofadan turib ta’mirladi

Muhandislar Voyager-2 kosmik kemasini 18 mlrd km masofadan turib ta’mirladi


Voyager-2 kosmik kemasining uskunalari to‘xtab qolishdan himoya qiluvchi tizim tomonidan o‘chirilganidan so‘ng yana ish holatiga qaytarildi, deb xabar bermoqda NASA.

Meduza’ning yozishicha, 2020-yil boshiga kelib Yerdan 18,5 milliard kilometrga uzoqlashib ketgan Voyager-2 kosmik kemasi 25-yanvar kuni magnit maydonni o‘lchaydigan qurilmani kalibrovka qilish uchun manyovr qila olmadi.

Telemetriya ko‘p energiya sarflaydigan ikkita tizim bir vaqtning o‘zida ishlayotganini ko‘rsatgan. Uning tanqisligining oldini olish maqsadida Voyager himoyasi barcha ilmiy uskunalarini o‘chirib qo‘ygan.

Muhandislar 28-yanvarga kelib ilmiy uskunalar va ko‘p energiya talab qiladigan ikkita tizimdan birini yoqqan.

Quyosh tizimini o‘rganish uchun Voyager-1 va Voyager-2 kosmik kemalari 16 kunlik farq bilan 1977-yilda uchirilgan. Birinchi Voyager 2020-yil yanvar holatiga ko‘ra 20 milliard kilometr masofani bosib o‘tdi. Bu inson tomonidan yaratilgan Yerdan eng uzoq obyektdir. Ikkinchi Voyager birinchisi bilan baravar uchirilgan bo‘lsa ham unga hech qachon yeta olmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют