» » Rossiyada xitoylik ikki fuqaroda koronavirus aniqlandi. Bu — Rossiyadagi ilk holat

Rossiyada xitoylik ikki fuqaroda koronavirus aniqlandi. Bu — Rossiyadagi ilk holat


Rossiyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat qayd etildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, virus Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida bo‘lgan Xitoyning ikki fuqarosida aniqlangan.

Golikovaning ma’lum qilishicha, Rossiya hukumati koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri joylashgan Xubey viloyatidan rossiyaliklarni evakuatsiya qiladi.

Rossiya hukumati xitoyliklarga ishchi viza berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni tayyorlamoqda, deya ma’lum qildi Golikova. Shuningdek, “Aeroflot”ning Pekin, Shanxay, Gonkong va Guanjchouga reyslaridan tashqari, Xitoy bilan barcha aviaqatnovlar to‘xtatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 16) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют