» » Sirdaryoda birovning uyidan 25 mln so‘mlik taqinchoqlar saqlanayotgan seyfni o‘g‘irlagan 2 erkak ushlandi

Sirdaryoda birovning uyidan 25 mln so‘mlik taqinchoqlar saqlanayotgan seyfni o‘g‘irlagan 2 erkak ushlandi


Sirdaryoda 2019-yilning noyabr oyida sodir etilgan jinoyat fosh etildi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

2019-yil 11-noyabr kuni noma’lum shaxs Yangiyer shahrida yashovchi, fuqaro 34 yoshli Z.N.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyning yotoqxonasidan umumiy qiymati 25 000 000 so‘mlik bir nechta tilla-taqinchoqlari saqlanayotgan temir seyfni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni 29 yoshli Sh.Ya. va 28 yoshli Sh.S. sodir etganligi aniqlanib, 2020-yilning 27-yanvar kuni Sh.Ya.dan bir dona temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan hamda Sh.Ya. va Sh.S. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют