Facebook koronavirus haqidagi asossiz xabar va ma’lumotlarni o‘chirishga va’da berdi
Facebook kompaniyasi Xitoyda tarqalgan koronavirus haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqdan o‘chirilishini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Kompaniya xabarida aytilishicha, shuningdek, insonlarni chalg‘itishga xizmat qiluvchi fitna nazariyalar ham o‘chiriladi.
Bundan tashqari, Instagram’da koronavirus haqida asossiz ma’lumotlar tarqalishiga xizmat qilayotgan xeshteglarga ham barham beriladi.
Kompaniya kasallikning tarqalishi bilan bog‘liq ehtiyot choralarini, shuningdek, vaziyatni bartaraf etish uchun shifokorlar tomonidan amalga oshiriladigan yangiliklarni ulashishga va’da berdi.
Avvalroq Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar orqali Olmaota shahrida koronavirus tarqalganligi haqida xabarlar tarqatgan shifokor ushlangani haqida ma’lum qilingandi.
Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan shifokor ushlandi
Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan 200 dan ortiq kishi vafot etdi, butun dunyo bo‘ylab virusni yuqtirganlar soni 9,6 mingdan oshib ketgan.
Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 200 kishidan oshib ketdi
Manba: Daryo.uz