» » O‘zbekiston “Lukoyl” bilan hamkorlikda gaz qazib olish va qayta ishlashdan umumiy hisobda 4 mlrd dollardan ortiq daromad oldi

O‘zbekiston “Lukoyl” bilan hamkorlikda gaz qazib olish va qayta ishlashdan umumiy hisobda 4 mlrd dollardan ortiq daromad oldi


Energetika vazirligi mamlakatning eng yirik xorijiy sarmoyadoriga aylangan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan hamkorlikni amalga oshirishdan O‘zbekistonning umumiy daromadi 4 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, quduqlarni o‘zlashtirish va jihozlash, tabiiy gazni qazib olish, uni bozor talablariga javob beradigan holgacha tozalash va qayta ishlash bo‘yicha faqat loyihalar operatori hisoblanadi. “Lukoyl” tomonidan o‘zbek tuprog‘ida ishlab chiqarilgan gazning butun hajmi O‘zbekistonga topshiriladi.

Bundan tashqari, “Lukoyl” respublikadagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, davlat g‘aznasiga foyda solig‘i, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi. “Lukoyl”ning O‘zbekistondagi butun faoliyati davomida soliq ajratmalarining umumiy miqdori 10,2 trillion so‘mni tashkil etdi.

Hozirgi vaqtda “Lukoyl” yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda gaz qazib olmoqda va qayta ishlamoqda. Cho‘lda zamonaviy muhandislik va transport infratuzilmasiga ega bo‘lgan, quvvati 8 milliard kubometrdan ortiq bo‘lgan noyob “Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi barpo etilgan.

“Lukoyl” obyektlarida 3000 dan ortiq o‘zbekistonliklar ish bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik 15 yil oldin Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari konlaridagi mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolanishi bilan boshlangan.

Mavzuga doir: Energetika vazirligi “Lukoyl” O‘zbekiston gazi foydasining 90 foizini olishi haqida ma’lumotga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют