» » Uxanda zerikkan sotuvchi, Britaniyaning Yevroittifoqdagi oxirgi kuni, portlamay qolgan raketa. 31-yanvarning eng qiziqarli suratlari

Uxanda zerikkan sotuvchi, Britaniyaning Yevroittifoqdagi oxirgi kuni, portlamay qolgan raketa. 31-yanvarning eng qiziqarli suratlari


Bugun, 31-yanvar kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Nitssa, Fransiya

Nitssada tez orada dunyodagi eng katta karnavallardan biri o‘tkaziladi. Bir necha kunlik karnavalga 6 oydan beri tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Pekin, Xitoy

Niqob taqqan sotuvchi xaridorlarni poylamoqda. Koronavirus tufayli ko‘plab mamlakatlar Xitoyga parvozlarni taqiqlab qo‘ydi, jumladan O‘zbekiston ham.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi, O‘zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Koronavirus bo‘yicha 31-yanvarning eng muhim xabarlari

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqidagi so‘nggi kunini o‘tkazmoqda.

Saxalin, Rossiya

Saxalinga qor sikloni keldi.

Avstraliya

Avstraliya janubida yomg‘irli kunlardan so‘ng yana issiq havo kutilmoqda. Bu esa yana o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqarishi mumkin. Hozir Adelaidada 41 daraja, Melburnda 38, Kanberrada 35 daraja issiq kuzatilmoqda.

Los-Anjeles, AQSh

NBA doirasidagi “Los-Anjeles Leykers” va “Sakramento Kingz” o‘yini oldidan aviahalokatda vafot etgan basketbolchi Kobi Brayantni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Los-Anjeles Leykers” 8 va 24-raqamlarni 2017-yilda umrbod Kobi Brayantga taqdim etgan.

Jammu, Hindiston

Jangarilar o‘qidan teshilib qolgan yuk mashinasining old oynasi.

Milan, Italiya

Ayol Netflix’ning Black Moon seriali reklamasi installyatsiyasini kuzatmoqda.

Chester, Buyuk Britaniya

Chester hayvonot bog‘idagi xameleon.

Ma’rretun-No‘mon, Suriya

Ma’rretun-No‘mon yaqinida portlamay qolgan raketa.

Xubey, Xitoy

Xubey provinsiyasidan kelayotgan erkak Yanszi daryosi ustidagi Szyuszyan ko‘prigidagi nazorat o‘tkazish punktidan o‘tmoqda.

Dakka, Bangladesh

Odamlar laminatsiyalangan plakatlar osilgan ko‘chadan o‘tmoqda. Poytaxtda 304 millionta plakatlar osilgan bo‘lib, bu ekologlarning g‘azabini qo‘zg‘amoqda.

Atakama, Chili

El-Tranziti qishlog‘i aholisi tinimsiz yoqqan yomg‘irlardan keyin balchiqlarni tozalamoqda.

Madrid, Ispaniya

Model 2020/2021-yil kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan kolleksiyani namoyish etmoqda.

Uels, Buyuk Britaniya

Suonsi yaqinida quyosh botmoqda.

Melburn, Avstraliya

Britaniyalik Jordanna Uayli va yaponiyalik Yui Kamiji aravachalardagi tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati g‘olibligini nishonlamoqda.

Keyptaun, JAR

Keyptaunda Janubiy Afrika ko‘mir konferensiyasi o‘tkazilishiga qarshi ekofaollarning norozilik aksiyasi.

Moskva, Rossiya

Moskvada “Orzular oroli” tematik parki qurilishi davom etmoqda.

Kaliforniya, AQSh

Alissa Altobellining do‘stlari uning xotirasi uchun “xitoycha fonar” uchirmoqda. Basketbolchi Kobi Brayant aviahalokatga uchragan vertolyotda Alissa Altobelli, uning ota-onasi Jon va Keri Altobelli ham bo‘lgan.

Avvalgi kunlarning eng yaxshi fotolari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют