» » Apple, Huawei, Xiaomi va Lenovo koronavirus tufayli Rossiyaga smartfonlar yetkazilishini kechiktirdi

Apple, Huawei, Xiaomi va Lenovo koronavirus tufayli Rossiyaga smartfonlar yetkazilishini kechiktirdi


Zavodlari Xitoyda joylashgan smartfonlar ishlab chiqaruvchilari Rossiyaga mahsulotlarni yetkazib berish muddatini ikki haftaga kechiktirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Rossiyaga tovarlar yetkazishni Xitoyning Huawei, Xiaomi, Vivo, Realme, ZTE va Lenovo kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqarishi Xitoyda bo‘lgan AQShning Apple kompaniyasi kechiktirgan.

Mazkur holatni Xitoydagi zavodlar Yangi yil ta’tillari 10-fevralgacha uzaytirilgani bilan izohlamoqda.

Rossiyalik riteylerlar hozircha smartfonlar tanqisligini kutayotgani yo‘q, biroq tovarlar yetkazilishi bir oygacha cho‘zilsa, smartfonlar narxi 10—15 foizgacha ko‘tarilishi mumkinligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют