» » Umar Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzoladi

Umar Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzoladi


Rossiyalik yakkakurashchi Umar Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda uning amakivachchasi Habib Nurmagomedov Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

“UFC’da hayotimning yangi sahifasini ochyapman. Yonimdagi barchaga rahmat aytaman. Sizlarni uyaltirib qo‘ymayman”, — deydi Umar.

24 yoshli Umar Nurmagomedov MMA’da 12 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. U so‘nggi bor Toshkentda o‘tgan GFC 20 kechasida Brayan Gonsalesni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jangdan so‘ng Umar UFC’da debyut qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Umar Nurmagomedov 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 249 musobaqasida debyut qilishi mumkin. Shu kuni  Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Habibning yana bir amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov UFC’da debyut qilgan va kutilmaganda David Zavadega yutqazib qo‘ygandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют