» » Isroil teraktlar xavfi tufayli, o‘z fuqarolarini Sinay yarim orolini tark etishga chaqirdi

Isroil teraktlar xavfi tufayli, o‘z fuqarolarini Sinay yarim orolini tark etishga chaqirdi


Isroil Milliy xavfsizlik kengashi qoshidagi Aksilterrorchilik idorasi isroilliklarga Sinay yarim orolini tark etishni tavsiya qildi, deb yozadi “TASS”.

“Misrda bo‘lib o‘tgan hamda IShID terrorchilik guruhining imkoniyatlarini va uning Sinay yarim orolida sayyohlarga qarshi qaratilgan teraktlarni tayyorlash bo‘yicha tarmoqlari faolligini ko‘rsatib bergan teraktlardan so‘ng, idora Sinay yarim orolida qolayotgan barcha isroilliklarni ushbu hududni zudlik bilan tark etishga chaqiradi”, — deyiladi idora o‘z saytiga joylagan ogohlantirishda.

Idora Sinaydagi isroilliklarning qarindoshlariga ular bilan bog‘lanib, ularni o‘z vataniga qaytish zarurati haqida xabardor qilishni tavsiya etdi. Hujjatda Sinayga bormoqchi bo‘lganlarning barchasiga bunday sayohatlardan tiyilish qat’iy tavsiya qilindi.

9-aprel kuni Verb yakshanbasida Misrning Tanta va Aleksandriya shaharlaridagi ikki cherkovda ibodatlar vaqtida teraktlar sodir bo‘ldi va 44 kishining o‘limiga, 100 dan ziyod fuqaroning jarohatiga sabab bo‘ldi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют