» » Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Geologiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Geologiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan bir qator tayinlovlar amalda oshirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Jumladan, Abdulaziz Aqqulov Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha mazkur qo‘mita raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Prezident qarori bilan Sardor Qoriyev Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, davlat rahbari qarori bilan Nodir Muxutdinov Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют