» » Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi

Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi


Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi ayrim hududlarda issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Kichik xalqa avtomobil yo‘li va Ipakchi ko‘chalarining kesishmasida magistral issiqlik quvurida vujudga kelgan nosozlik sababli Shayxontohur tumani Istirohat va Ziyosaid ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi iste’molchilar vaqtincha issiqlik ta’minotidan uziladi.

Ayni paytda nosozlikni bartaraf qilish ishlariga zarur maxsus texnika va mutaxassislar jalb qilingan.

“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют