» » Xitoyda posilkalarni olishda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi aytildi

Xitoyda posilkalarni olishda koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi aytildi


Xitoy kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazi eksperti Chjan Lyubo oziq-ovqat mahsulotlari va jo‘natmalarning zararini baholadi. U ovqat yetkazib berish yoki jo‘natmalardan koronavirus yuqayotgani asossiz ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Chjan Lyuboning ta’kidlashicha, virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, profilaktika uchun shunchaki gigiyenaga rioya qilinsa bo‘ldi. Shuningdek, bu virus yetkazib berish xizmatlari orqali yuqayotgani isbotlanmagan. Tovarlar qabul qilib olingach, qo‘lni yuvish va qutini tashlab yuborish kerak.

“Tayyor ovqat solingan konteynerlarni salfetkalar bilan artish kerak”, — deydi Lyubo.

1-fevral holatiga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 259 kishi vafot etdi. Uni yuqtirib olganlar soni esa 11,7 mingdan oshib ketgan.

Mavzuga doir: Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Abdulla Aripov 28-yanvar, seshanba kuni, koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Jizzaxda ham koronavirus tarqalgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan, keyinroq esa bu shunchaki mish-mish ekanligi ma’lum qilingandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berib, Uxandan O‘zbekistonga qaytgan talabalarga zudlikda SSV bilan bog‘lanishni so‘radi. Xitoydan qaytib kelgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar aeroportning o‘zida har tomonlama takomillashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют