» » Trampning Floridadagi qarorgohiga ikki ayol kirishga urindi. Ularning biri opera qo‘shiqchisi ekani aniqlandi

Trampning Floridadagi qarorgohiga ikki ayol kirishga urindi. Ularning biri opera qo‘shiqchisi ekani aniqlandi


Politsiya AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi xususiy qarorgohi bo‘lgan Mar-a-Lago’ga mashinada kirishga uringan ikki ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, RBK xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 nafar noma’lum shaxs yo‘ltanlamas mashinada Mar-a-Lago qaragohiga boradigan ikkita nazorat punktidan o‘tgan. Oqibatda mashina qarorgoh darvozasiga yaqinlashgan vaqtda huquq tartibot xodimlari o‘t ochgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Tramp bu vaqtda Vashingtondagi Oq uyda bo‘lgan.

Huquq tartibot organlari bergan ma’lumotga ko‘ra, rulda 30 yoshli Hanna Remhild bo‘lgani aniqlangan. Unda Konnektikut shtatida berilgan haydovchilik guvohnomasi topilgan.

Reuters uning Facebook’dagi sahifasiga e’tibor qaratgan bo‘lib, unda ayolning opera qo‘shiqchisi ekanligi yozilgan. Ayolning vokal bo‘yicha o‘qituvchisi bu ma’lumotni tasdiqlagan va Hanna G‘arbiy Konnektikut universitetini tamomlaganini aytgan.

Sherif Rik Bredshou ayol qayerga ketayotganini ham bilmagan, degan fikrda va sodir bo‘lgan voqeani terrorchilik harakati emas, deb aytmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют