» » La Liga. Benzemaning goli “Real”ga Madrid derbisida g‘alaba keltirdi (video)

La Liga. Benzemaning goli “Real”ga Madrid derbisida g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 22-turida 1-fevral, shanba kuni “Real” va “Atletiko” o‘rtasida Madrid derbisi bo‘lib o‘tdi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Karim Benzema tomonidan kiritilgan to‘p o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Bu g‘alabadan keyin “qaymoqranglilar” 49 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Diyego Simeone jamoasi (36 ochko) 5-o‘rinda qoldi.

La Liga

22-tur bahsi

1-fevral, shanba

Gol: 1:0 — 56 Benzema

“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 46), Kroos (Vinisius Junior, 46), Valverde, Benzema.

“Atletiko”: Oblak, Lodi, Felipe, Vrsalko, Savich, Saul, Lorente, Vitolo (Ferreyra Karrasko, 71), Tomas (Kamelo, 74), Korrea, Morata (Lemar, 50).

Ogohlantirishlar: Felipe (66), Vrsalko (80), Mendi (83), Kazemiro (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют