» » Fotogalereya: Avstraliyalik er-xotinlar 60 ta kenguruni parvarish qilib, ularning bolalari uchun xaltachalar tikib bermoqda

Fotogalereya: Avstraliyalik er-xotinlar 60 ta kenguruni parvarish qilib, ularning bolalari uchun xaltachalar tikib bermoqda


Juli Uillis va Garri Uilson 60 ta kenguruni o‘z uyiga olib ketgan. Kengurularning aksar qismi yashil qit’ada bir necha oy davom etgan o‘rmon yong‘inlari vaqtida ota-onasini yo‘qotib yetim qolgan. Oila o‘nlab kengurularga g‘amxo‘rlik qilmoqda, kichik kengurularning ham kuch to‘plashi uchun ularga ko‘mak bermoqda.

Juli va Gari 20 yildan beri kenguru qo‘riqxonasini boshqarib keladi, ular o‘rmon yong‘inlarida yetim qolgan kenguru, vallabi va opossumlarni parvarishlamoqda. Er-xotinlarning ma’lumot berishicha, ushbu hududdagi hayvonlarning 80 foizi yong‘inlar tufayli halok bo‘lgan.

Kenguru Joi Vitalibda yashovchi Juli Uillis va Gari Uilsonning qaramog‘ida.

Yosh kengurularning aksariyati yong‘inlar oqibatida onalaridan ayrilgan.

Vallabi kenguruchasining onasi Vitalibdagi yong‘inlardagi og‘ir jarohatlar tufayli uxlatib o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan, yana bir kenguruning onasini mashina ostida halok bo‘lgan.

Er-xotinlar kenguruchalar ona mehrini his qilishi va xavfsizlikda bo‘lishi uchun ularning onalari xaltasiga o‘xshash xaltachalar tikib bergan.

Juli The Glen Innes Examiner mahalliy gazetasiga bergan intervyusida yong‘inlar tufayli kengurularning ko‘pchilik qismi yo‘qolib ketgani va opossumlarning ham kam qismi omon qolganini bildirgan.

“Halok bo‘lgan va kuyib ketgan kenguru hamda opossumlarning jasadlari yo‘llar chetida yotardi. Fermerlarning ot, cho‘chqa, alpak va echkilari ham olov ichida qolib halok bo‘lgan”.

Juli Uillis 20 yildan ortiq vaqt davomida kenguru va boshqa xaltali hayvonlarga mehrini berib keladi.

Juli Uillis va Gari Uilson o‘z uylari yonida.

2019-yil Avstraliya uchun eng issiq va quruq davr bo‘ldi, o‘rmon yong‘inlari uch oydan ortiq vaqt davom etdi va tabiatga juda katta ziyon yetkazdi.

Avstraliyada har yili o‘rmon yong‘inlari kuzatiladi, ammo o‘tgan yili ular ancha barvaqt boshlandi va uzoqroq davom etdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют