» » Bundesliga. “Bavariya” peshqadamga aylandi, “Borussiya D” esa Berlin jamoasiga 5 ta gol urdi

Bundesliga. “Bavariya” peshqadamga aylandi, “Borussiya D” esa Berlin jamoasiga 5 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan 1-fevral, shanba kungi o‘yinlar o‘z yakuniga yetdi.

“Bavariya” safarda “Mayns” bilan o‘ynadi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Robert Levandovski (8), Tomas Myuller (14) va Tiago Alkantaraning (26) gollariga mezbonlar Jerri Sen-Jyustning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

Dortmundning “Borussiya”si o‘z maydonida “Union”ni qabul qildi va poytaxt jamoasiga javobsiz beshta gol urdi. Dortmundliklar safida endigina ikkinchi o‘yinini o‘tkazgan Erling Holand dublga erishgan bo‘lsa, Jeydon Sancho, Marko Roys va Aksel Vitsel ham maydonni golsiz tark etmadi.

Mazkur turga qadar musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Leypsig” Myunxengladbaxning “Borussiya”sini qabul qildi. Birinchi bo‘limda o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqqan “buqalar” tanaffusdan keyin muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa “Bavariya” 42 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Leypsig” (41) ikkinchi pog‘onaga tushdi. “Borussiya D” va “Borussiya M” (39) mos ravishda keyingi o‘rinlarni band etgan.

Bundesliga, 20-tur

20-tur bahslari

1-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 23, avtogol Yedvay, 1:1 — 67 Niderlexner, 2:1 — 82 Vargas.

Gollar: 0:1 — 8 Levandovski, 0:2 — 14 Myuller, 0:3 — 26 Alkantara, 1:3 — 45 Sen-Jyust.

Gollar: 1:0 — 78 Ayxan, 1:1 — 90 Chendler.

Gollar: 0:1 — 11 Diabi, 1:1 — 23 Kramarich, 2:1 — 65 Skov.

Gollar: 1:0 — 13 Sancho, 2:0 — 18 Holand, 3:0 — 68, penalti Roys, 4:0 — 70 Vitsel, 5:0 — 76 Holand.

Gollar: 0:1 — 24 Plea, 0:2 — 35 Xofmann, 1:2 — 50 Shik, 2:2 — Nkunku.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 00:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют