» » Moliya vaziri: O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi pasaya boshladi

Moliya vaziri: O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi pasaya boshladi


Yanvar oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Taqqoslash uchun, 2019-yil xuddi shu davrda inflyatsiya 1,5 foiz, 2018-yil yanvarida 2,7 foiz, 2017-yil ilk oyida esa 1,5% bo‘lgan.

“Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘ryapmiz xolos.

Inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi — inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori”, — deb yozdi Jamshid Qo‘chqorov.

Avvalroq Jamshid Qo‘chqorov inflyatsiyaning O‘zbekistondagi birinchi raqamli muammo ekanligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют