» » Aziz G‘aniyev faoliyatini BAA klubida davom ettiradi

Aziz G‘aniyev faoliyatini BAA klubida davom ettiradi


Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev faoliyatini BAA klubida davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

G‘aniyev Dubayning “Shabab al-Ahli” klubiga ko‘chib o‘tdi. “Nasaf” ushbu transfer orqali, taxminan, 5 milliard so‘m (525 ming dollar) ishlab oladi.

“Shabab al-Ahli” klubi 2020-yilgi Chempionlar Ligasida “Paxtakor” bilan bir guruhdan joy olgan. 10-fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo‘ladi. OChL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o‘yin boshlanishiga 7 kun qolganda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Demak, Aziz bemalol “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

“Al-Ahli”ni ayni damda argentinalik Rodolfo Arrubarena boshqarmoqda. Klub 14 ta turdan so‘ng BAA chempionatida 35 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa bugun, 2-fevral kuni, safarda “al-Fujayra”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют