» » “Yonxap”: AQSh harbiy kemasi kutilmaganda Janubiy Koreya qirg‘oqlariga qarab burildi

“Yonxap”: AQSh harbiy kemasi kutilmaganda Janubiy Koreya qirg‘oqlariga qarab burildi


AQSh kutilmaganda Janubiy Koreya qirg‘oqlariga “Karl Vinson” atom avianosetsi boshchiligidagi zarbdor guruhni yoydi. Bu haqda 10-aprel, dushanba kuni “Yonxap” axborot agentligi janubiy koreyalik harbiylarga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, kemalar Avstraliya portlariga kirishdan iborat dastlabki rejani o‘zgartirib, Singapurdan Koreya yarim oroliga qarab yo‘l olmoqda. Avianosetsdan tashqari, guruhda ballistik o‘qlarni to‘xtatib qolishga qodir bo‘lgan raketalar joylangan kreyser va ikkita esminets bor.

Agentlik ushbu manyovrning ancha noodatiy ekanligini qayd etmoqda, chunki “Karl Vinson” Janubiy Koreyaga kirganiga hali bir oy ham bo‘lgani yo‘q.

Rossiya Federatsiya kengashining Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi Viktor Ozyorov avvalroq Vashington KXDRdagi harbiy obyektlarga raketali zarbalar berishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют