» » Shimoliy Koreya qizlari o‘zbekistonlik futbolchi qizlar darvozasiga 4 ta gol urdi

Shimoliy Koreya qizlari o‘zbekistonlik futbolchi qizlar darvozasiga 4 ta gol urdi


2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik futbolchi qizlar ketma-ket ikki g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyat alamini ham totib turdi.

Saralash o‘yinlariga mezbonlik qilayotgan KXDR termasi poytaxt Pxenyanda Sherali Boboqulov murabbiylik qilayotgan jamoa darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. O‘zbekistonlik qizlar bunga qadar Gonkong ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan, Hindistonni 7:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Reglamentga ko‘ra, guruhda faqat peshqadam Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi o‘yindagi mag‘lubiyat o‘zbekistonlik futbolchilarni bundan mosuvo qildi. Endi kurash Koreyaning ikki qutbi o‘rtasida kechadi.

OCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 3-tur
9-aprel, yakshanba

Gollar: Kim, 28 (1:0). Sang, 54 (2:0). Sang, 65 (3:0). Kim, 90 (4:0).

Опубликовано: admin (10-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют