» » Komil Allamjonov: Tizim mendan keyingi rahbarlar tomonidan to‘g‘ri va sifatli davom ettirilishi juda ham muhim

Komil Allamjonov: Tizim mendan keyingi rahbarlar tomonidan to‘g‘ri va sifatli davom ettirilishi juda ham muhim


Komil Allamjonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) rahbariyati nimalarga ahamiyat berishi kerakligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

“Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, 2-fevral, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida fondning Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AOKAda o‘tgan rahbarik faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Jurnalist va blogerlar uchun kerakli bo‘lgan barcha ekomuhitni yarata oldik va o‘tgan bir yil davomida agentlik tomonidan matbuotni haqiqiy ma’noda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga olib chiqishi mumkin bo‘lgan tizim yaratildi, deb hisoblayman.

Vazirlik va idoralarning matbuotga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgarib, tan olish kerak, amaldorlar matbuot bilan hisoblashib ish ko‘radigan bo‘ldi. Endi ushbu jarayon va tizim mendan keyingi rahbarlar tomonidan to‘g‘ri va sifatli davom ettirilishi juda ham muhim.

Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

Avvalroq, 29-yanvar kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva iste’foga chiqqan edi. 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishida Komil Allamjonov fondning Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva esa uning o‘rinbosari etib saylangandi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi — ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют