» » Qozonda Barcha dinlar ibodatxonasi yonib ketdi

Qozonda Barcha dinlar ibodatxonasi yonib ketdi


Rossiyaning Qozon shahrida joylashgan Barcha dinlar ibodatxonasida yong‘in yuz berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Tatariston bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ibodatxonadagi yong‘in haqidagi xabar 10-aprel, dushanba kuni 04:35 da kelib tushgan.

“Yong‘in maydoni aniqlanmoqda. Qozon yong‘in-qutqaruv garnizonining bo‘linmalari 10 ta o‘t o‘chirish va maxsus texnika bilan ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

Barcha dinlar ibodatxonasi — Qozon shahrining Staroye Arakchino qishlog‘ida joylashgan inshoot. Uni 1990-yillar boshida qurishni boshlagan muallif g‘oyasiga ko‘ra, ibodatxona dinlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning me’moriy ramzi sifatida barpo etilgan. Unda ibodatlar va rasm-rusumlar o‘tkazilmaydi.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют