» » Saida Mirziyoyeva: Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim

Saida Mirziyoyeva: Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim


O‘zbekistonda so‘z erkinligiga mustahkam asos yaratildi. Bu haqda 2-fevral, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida fondning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Marosimda so‘zga chiqqan Mirziyoyeva xonim Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan davriga to‘xtalar ekan, qisqa, lekin samarali mehnat natijasini berganini ta’kidlab o‘tdi.

“So‘z erkingligiga mustahkam asos yarata oldik. Bu Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning natijasidir.

Hozir o‘z ishining professionallarini birlashtirish vaqti keldi. Jurnalist va blogerlarga mass-mediadagi muammolar ma’lum. Fikrimcha, mazkur fond mana shu muammolarni bartaraf etish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirishda muhim olim bo‘ladi.

Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas, juda ulkan mas’uliyat. Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim. Men mas’uliyatni chuqur his qilmoqdaman va jamoatchilikka foyda keltirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”.

Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

Oldinroq, 29-yanvar kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Saida Mirziyoyeva iste’foga chiqqan edi. 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari etib saylangandi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi — ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют