» » Surxondaryoda Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi

Surxondaryoda Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi


“Surxondaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Bandixon tumani hokimligining tashkiliy masalalari hamda 2020—2022-yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (58-son,2020-yil 31-yanvar). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Bandixon tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati, tuman hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi hamda tumanda 2020—2022-yillarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish hamda xizmatlar turlarini ko‘paytirish ushbu dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, tumanda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 30-noyabrida Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qarorlari qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, hukumatning 2010-yil 24-dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют