» » Toki ota-onalarimiz hayot ekan, biz bolamiz!

Toki ota-onalarimiz hayot ekan, biz bolamiz!


Ota-onalarimiz bizga hayotlarining eng yaxshi yillarini hadya etishgan. Beshikdagi vaqtimizdan boshlab, biz ota-onamizning mehri va g‘amxo‘rligini sezamiz. Biz yurishni va so‘zlashni o‘rganayotganimizda, ular biz bilan tirishqoqlikda shug‘ullanishgan. Kechqurunlari ular biz bilan birga dars tayyorlashgan, bizni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlashga harakat qilishgan. Ota-onalarimiz tufayli biz yaxshi tarbiyaga ega bo‘ldik, ulg‘aydik va mustaqil bo‘ldik.

Hech birimiz kasalliklardan to‘la himoyalanmaganmiz va biz uchun ota-onalarimizdan birining kasalligini ko‘rish nihoyatda og‘irdir. Bunday vaqtda, biz sinalgan shifokorlarni va qulay shifoxonalarni izlashga tushamiz. Ota-onamizni profilaktik davolatmoqchi bo‘lganimizda ham xuddi shunday tanlov oldimizda turadi.

Tanlovda biz malakali shifokorlarni, sifatli davolashni, qulay shart-sharoitlarni, samimiy xodimlarni va albatta maqbul narxlarni afzal ko‘ramiz. Bizning respublikamizda ushbu tanlovning barcha mezonlariga mos keluvchi maskan mavjud.

10 yildan ziyod vaqt davomida Toshkentda keng tarmoqli tibbiy Parents Holiday shifoxonasi (tarjimasi — “Ota-onalar uchun dam olish”) faoliyat olib bormoqda. Bu yerda kuniga 24 soat davomida davolash ishlari olib boriladi va ota-onalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.

Shifoxonaga farzandlar murojaat qilishining asosiy sabablaridan ba’zilari bu ota-onalarning quyidagi shikoyatlaridir:

Parents Holiday shifoxonasining shifokorlari tomonidan ko‘p yillik tajribalarga tayanib, “Ota-onalarga sog‘liq” dasturi ishlab chiqilgan. Bu dastur hech bo‘lmaganda yiliga bir marotaba qabul qilinishi kerak bo‘lgan sog‘lomlashtirish va sog‘liqni saqlash bo‘yicha maxsus tanlangan kursni o‘z ichiga oladi.

Parents Holiday shifoxonasida davolash 4 ta yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:

Zamonaviy tibbiy va laborator uskunalar 100 dan ziyod turdagi tekshiruvlarni (MRT, MSKT, Raqamli Rentgen, UTT Dopplerografiya)  va 85 turdagi tahlillarni aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Ota-onalarga fitobar, davolovchi massaj, gidromassaj, iglorefleksoterapiya, limfodrenaj taklif qilinadi. Oshxona mutaxassislari har bir kishi uchun individual 4 yoki 5 mahalli parhez ovqatlanish ratsionini tuzib beradi (diyet – menyu).

Shuningdek ota-onalarni sog‘lomlashtirish uchun shifoxonada 40 dan ortiq rejimda davolashni amalga oshirishga imkon beradigan fizioterapiyaning (elektroforez, magnitoterapiya, ultratovush, lazeroterapiya, d’arsonval kabi muolajalar) majmui bor. Hammaga ma’lumki, fizioterapiya organizmni chiniqtirish uchun yoqimli, tabiiy va bezarar samarali vosita hisoblanadi.

Kasalxona davrida to‘la tekshiruv amalga oshiriladi va aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davolash kursi yozib chiqiladi. Uydagi kabi qulay palatalar va g‘amxo‘r xodimlar bemorning tezroq tuzalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shifoxonada davolanish vaqtida bemorlar bir-biri bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi va har bir ota-ona yoqimli suhbat davomida bolalari haqida so‘zlab beradi.

Farzandlar uchun ota-onalarini sog‘lom ko‘rishdan quvonarliroq holat bo‘lmasa kerak. Bizga hali bola ekanligimizni his etish yoqimli. Biz hech qachon ota-onalarimiz biz uchun ko‘plab narsalarni boshdan kechirishganini va biz hech narsaga zoriqmasligimiz uchun yaxshiroq hayotga intilishganini unutmasligimiz kerak.

Ota va onalar qornimiz to‘q, ustimiz but bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishimiz va jamiyatda kerakli inson bo‘lishimiz uchun dam olish nimaligini bilmay mehnat qilishgan… Ota-onamiz barchasini biz uchun qilishgan, biz esa buning qadriga boramizmi? Ularga minnatdorchilik bildiramizmi?

Ota-onalarimiz borligida ularni asraylik!

Telefon raqamlari: (71) 228-10-42/ (90) 9082662

Manzil: Toshkent shahar, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51-uy.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (10-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют