» » Rostov-Dondagi xitoylik talabadan koronavirus topilgani rad etildi

Rostov-Dondagi xitoylik talabadan koronavirus topilgani rad etildi


Shifokorlar Rostov-Dondagi xitoylik talabadan koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda shahar administratsiya vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq messenjerlarda xitoylik talaba tez yordam mashinasida olib ketilgani va shifokorlar unga koronavirus tashxisini qo‘ygani haqida yozuvlar tarqalgandi.

“Rostovga Xitoydan kelgan talabaning tana harorati ko‘tarilib ketgan. U zudlik bilan tahlillar uchun yuborildi, qo‘rqadigan hech nima yo‘q… Koronavirus to‘g‘risidagi xabar tasdiqlanmadi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Rossiya Xitoy bilan temir yo‘l aloqalarini to‘xtatdi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat qayd etilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa Xitoy hukumati bilan charter reyslar tashkil qilish masalalari ustida ish olib borayotgani haqida ma’lum qildi.Charter reyslar maqsadi Xitoy hududida (jumladan, Uxan shahrida) xizmat safari va ta’lim olayotgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют