» » Zelenskiy Eron urib tushirgan Boeing qurbonlari oilalariga taklif qilingan 80 ming dollarni kam deb aytdi

Zelenskiy Eron urib tushirgan Boeing qurbonlari oilalariga taklif qilingan 80 ming dollarni kam deb aytdi


Eron hukumati Tehronda Ukrainaning Boeing samolyoti urib tushirilishi oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchilarning oilasiga 80 ming dollardan badal to‘lash taklifni bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “TCH” teledasturi davomida ma’lum qildi.

“Ular halok bo‘lganlarning har birining oilasiga 80 ming dollardan badal to‘lash taklifini bildirdi, biroq biz rozi bo‘lmadik. Fikrimcha, bu kam. Halok bo‘lgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i oilaning yolg‘iz boquvchisi bo‘lganini va o‘zi ishsiz ekanligini, farzandi institutga kirishi lozimligini aytsa 80 ming dollar juda kam”, — deydi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Erondan ko‘proq kompensatsiya talab qiladi. Biroq aniq summa haqida so‘z bormagan.

Mavzuga doir: Ukrainaning Boeing samolyotini urib tushirgan Eron fuqarosi qamoqqa olingani ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Eron urib tushirilgan Boeing qora qutilarini Fransiyaga topshirishini ma’lum qilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют