» » Xitoy koronavirus tufayli iqtisodiyotga 173 mlrd dollarlik likvidlik kiritadi

Xitoy koronavirus tufayli iqtisodiyotga 173 mlrd dollarlik likvidlik kiritadi


Xitoy Markaziy banki koronavirusning tarqalishidan zarar ko‘rgan mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlamoqchi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. 3-fevral kuniyoq bozorlarga 1,3 trillion yuan (173 milliard dollardan ortiq) miqdoridagi likvidlik chiqariladi.

Qayd etilishicha, shundan keyin bank tizimidagi umumiy likvidlik 2019-yilning shu davriga nisbatan 900 milliard yuanga oshadi.

“Kommersant”ning yozishicha, kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Markaziy bank, shuningdek, kreditlash stavkasini pasaytirishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bunda mutaxassislarning fikricha, Xitoy kompaniyalari aksiyalari yaqinda yana pasayishi mumkin.

Yaqinda OAVlarda Xitoy koronavirus epidemiyasi sababli 60 milliard dollarr yo‘qotishi mumkinligi aytilgan. Bunda Pekin iqtisodiyotda darcha paydo bo‘lmasidan oldin virusni bor kuchi bilan to‘xtatishga harakat qilmoqda.

Moody’s Analytics kompaniyasida aytilishicha, koronavirus 2019-nCoV jahon bozoriga 2008—2009-yillardagi moliyaviy inqirozdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют