» » O‘zbekistonga Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi uskunalar olib kelindi

O‘zbekistonga Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi uskunalar olib kelindi


Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasidagi federal xizmat (“Rospotrebnadzor”) O‘zbekiston va Qozog‘istonga yangi koronavirusning laboratoriya diagnostikasi vositalarini topshirdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Rossiyaning kimyoviy tahlil uchun asbob-uskunalardan iborat test tizimlari o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik mutaxassislarga 1, 2-fevral kunlari yetkazib berilgan. Xuddi shunday uskunalar Qirg‘iziston va Tojikistonga ham yetkazib berilishi kutilmoqda.

Armaniston va Belarusga ham test tizimlar yetkazilgan.

Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifooqi va MDHga a’zo mamlakatlarga yordam doirasida diagnostika vositalarini bepul yetkazib berdi. Test tizimlar “Rospotrebnadzor”ga tegishli “Vektor” virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Avvalroq Rossiya koronavirusni atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi kasalliklar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 361 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют