» » “Qani imkonim bo‘lsa-yu farzandim tanasidan dardni yulib tashlasam” 11 yoshli Samira yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“Qani imkonim bo‘lsa-yu farzandim tanasidan dardni yulib tashlasam” 11 yoshli Samira yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi Rustam Ishniyazov murojaat qilib, jigar serrozi kasalligiga chalingan farzandi Samira Ishniyazova uchun moddiy yordam so‘ragan.

Samira Ishniyazova 2009-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Tug‘ma o‘t pufagi va o‘t yo‘lllari patologiyalaridan yuqori bilirubin fermenti va splinomegaliya bilan kasallangan.

Portalnaya gipertenziya (varikoz tomirlari) vujudga kelib qon ketgan. Samira yetti yoshga to‘lganida operatsiya qilinib: qizilo‘ngach va taloqda choklangan tomirlari olib tashlangan. Hozirda operatsiyaning salbiy oqibatlari tufayli, qizcha zudlik bilan jigar transplantatsiyasini boshidan o‘tkazishi kerak. Bu jarrohlik amaliyoti Hindistonda o‘tkaziladi va unga 30 ming dollar pul kerak.

“Bolam tug‘ilganidan beri dard bilan kurashadi. Qani imkonim bo‘lsa-yu farzandim tanasidan dardni yulib tashlasam...

Qizimni juda yaxshi ko‘raman. Uni butkul sog‘ayib boshqa qizlar qatori o‘qib tahsil olib bag‘rimizda yurishini istayman. Bolam tuzalishi uchun jigarini almashtirishi kerak. Operatsiyaga pul topish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilyapman. Minib yurgan Damas’imni sotmoqchiman. Lekin qancha qimmat sotib, qarindosh urug‘dan qarz havola qilsam-da, baribir olgan pullarim operatsiya uchun yetmaydi. Yaxshi insonlarning yordamiga juda muhtojmiz, — deydi biz bilan suhbatda Rustam aka.

Samiraning ahvoli kundan-kunga og‘irlashib bormoqda. Barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan Samira Ishniyazovaga qo‘lidan kelgancha yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Samira Ishniyazovaga xayriya qilish istagida bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Otasi Ishniyazov Rustam nomiga ochilgan

“Hamkorbank”: 8600120491026574

Buvisi Artiqova Farida nomiga ochilgan

“Asakabank”: 8600130916441373

Otasi nomiga ochilgan viza karta chet el davlatlari uchun

4097831031649886

Mohigul Mahmudova nomiga ochilgan

Xalq banki: 86000609 72919618

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Mahmudova Mohigul Shavkatovna

Pasport raqami: AB 6030326

Murojaat uchun +998 91 330-05-89



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют