» » Toshkentda IIBB patrul-post xizmati xodimi “Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan ayolni qutqardi

Toshkentda IIBB patrul-post xizmati xodimi “Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan ayolni qutqardi


30-yanvar kuni soat 12:50 da “102” raqamiga Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi “Bo‘zsuv” kanaliga ayol kishining tushib ketgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Uchtepa tumani IIO FMB 1-sonli IIO FMB navbatchilik qismi tezkor navbatchisi voqea joyiga yaqin atrofda xizmat olib borayotgan IIBB YHXB 4-batalyoni 3-otryadi xodimi A.Tursunovni jo‘natdi.

Suvda cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, IIBB xodimi o‘zini suvga otgan. Hodisa joyiga “tez yordam” chaqirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ayolning hayoti va salomatligi xavfdan xoli. Hozirda qutqarilgan ayol M.M. bilan psixiatr ishlamoqda.

Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют