» » Koronavirus tufayli Xitoyda neftga bo‘lgan talab 20 foizga kamaydi

Koronavirus tufayli Xitoyda neftga bo‘lgan talab 20 foizga kamaydi


2019-nCoV tipidagi koronavirusning tarqalishi Xitoyda neftga bo‘lgan talabning keskin pasayishiga olib keldi, deb yozadi “RBK”.

Xitoyda kundalik neft iste’moli taxminan 3 million barrelga, ya’ni 20 foizga kamaydi.

Eron neft vazirligi rahbari Bijan Namdar Zangane koronavirusning jahon neft bozoriga ta’siri haqida gapirdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hollarda infeksiyaning tarqalishi bir qator ishlab chiqarish obyektlari ishini va transport tashuvlarining to‘xtatilishiga olib keldi, bu esa neftga bo‘lgan talabni pasaytirdi.

Zanganening ta’kidlashicha, ta’minotni saqlab qolish sharoitida talabning pasayishi har doim neft narxining tushishiga olib keladi.

“Neft bozori bosim ostida, narxlar bir barrel uchun 5 dollardan tushib ketdi, vaziyatni muvofiqlashtirish uchun harakat qilish kerak”, — deydi Zangane.

Avvalroq Xitoy koronavirus tufayli iqtisodiyotga 173 milliard dollarlik likvidlik kiritishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus tufayli iqtisodiyotga 173 mlrd dollarlik likvidlik kiritadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют